1 iyul, 2021 yil, Toshkent, O‘zbekiston – Bugun Qo‘shma Shtatlar o‘zining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali qiymati 399 213 dollarga teng bo‘lgan 131 tonna oziq-ovqat yordamini O‘zbekistonga yetkazib berdi. Keltirilgan yuk to‘yimli sabzavotlar va dukkaklilar aralashmasidan iborat bo‘lib, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalari va yordamga muhtoj oilalarga tarqatiladi.

Bir yuz o‘ttizdan ziyod sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalaridagi, jumladan COVID-19 bo‘yicha karantin xizmatlarini ko‘rsatayotgan, ko‘p dori-darmonlarga chidamliligi bor sil kasaliga chalingan bemorlarga uzoq muddatli yordam berayotgan mamlakatdagi 30 000 dan ortiq eng yordamga muhtoj fuqarolar, bolalar uylari va psixiatrik muassasalar mazkur yordamni olishadi.

"Mazkur dastur O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi ovqatlanish sifatini yaxshilash va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamida sog‘lom va samarali turmush kechirish uchun zarur bo‘lgan yetarli miqdordagi, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqati bo‘lishini ta’minlash borasidagit doimiy hamkorlikni namoyish etadi",- USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori, Mikaela Meredit, dedi o‘z nutqida.

2010 yildan buyon, USAIDning oziq-ovqat ko‘magini berish xalqaro hamkorlik dasturi doirasida qiymati 3,5 million dollardan ortiq 1 300 tonna oziq-ovqat yordami O‘zbekistonga yetkazib berilgan. Beg‘araz yordam sifatida berilgan bu oziq-ovqat mahsulotlari Amerikaning notijorat tashkiloti Resource and Policy Exchange tomonidan Sog‘lom Avlod Uchun xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda tarqatiladi.

O‘zbekistonga yaqinda keltirilgan bu gumanitar yordam AQShning sog‘liqni saqlash sohasiga kiritgan 122 million AQSh dollardan ziyod uzoq muddatli sarmoyasining davomi bo‘lib, so‘nggi 20 yil mobaynida berilgan umumiy yordam qiymati 1 milliard AQSh dollaridan oshgan.

###

USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni oshirish, sog‘liq uchun jiddiy tahdidlarni, shu jumladan COVID-19ni bartaraf etish va hukumatning aholi ehtiyojlarini qondirish uchun salohiyatini oshirish uchun hamkorlik qilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot uchun tashrif buyuring: https://www.usaid.gov/uzbekistan.

###

Image