2021 yil 21 iyun, Toshkent, O‘zbekiston – AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida Agrobiznesni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etib, xususiy mahalliy agrosanoat korxonalari o‘rtasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari qiymat zanjirini yanada rivojlantirish, savdo ko‘lami va hajmini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, hamda yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini oshirishga qarataligan biznes g‘oyalar tanlovini e’lon qiladi.

Jamg‘arma qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalarda yangi texnologiyalarni joriy etishini qo‘llab-quvvatlaydi va bu orqali ularning o‘sishiga ko‘maklashadi. Agrosanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonga o‘z iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, mintaqaviy hamda xalqaro savdo hajmlarini oshirish imkonini beradi. USAID yuqoridagi mezonlarga javob berishi mumkin bo‘lgan, hususan ayollar va yoshlar boshqaruvidagi yoki ularni ish bilan ta’minlovchi korxonalardan biznes g‘oyalar bo‘yicha takliflarni kutib qoladi.

Ushbu tashabbus USAIDning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan besh yillik Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha tanlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun butun qiymat zanjiri bo‘ylab qo‘shimcha qiymat yaratish imkonini beruvchi yangi texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini joriy etish orqali O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida xususiy sektor rivjolanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Mazkur tadbirlar O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat qo‘shilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sohaga xotin-qizlar va yoshlarni jalb etish, ta’lim muassasalari va xususiy sektor o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash va qishloq xo‘jaligida maqbul siyosat yuritishni qo‘llab-quvatlashga qaratiladi.

Arizalar 2021 yilning 16 iyul sanasigacha qabul qilinadi. Tanlov konsepsiyasi va biznes g‘oyalar bo‘yicha takliflaringizni kiritish uchun ariza namunasini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin. 

###

USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va mintaqaviy savdoni oshirish, salomatlik uchun jiddiy xavf-xatarlar, jumladan COVID-19 ni bartaraf etish, hukumatning aholi ehtiyojlariga oqilona yondashish salohiyatini oshirish yo‘lida hamkorlik qiladi. Dastur to‘g‘risida batafsil ma’lumot: https://www.usaid.gov/uzbekistan saytida.

###

Image
ADA call