2021 yil, 19 fevral — AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlari uchun COVID-19 bilan kasallangan intensiv terapiyaga va o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasiga muhtoj og‘ir bemorlarni davolashni takomillashtirish bo‘yicha onlayn-trening tashkillashtirdi. Mazkur trening USAIDning O‘zbekistondagi «COVID-19ga qarshi kurashda Sog‘liqni saqlash tizimining barqarorligini mustahkamlash» loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Vebinar davomida tibbiyot xodimlari Zoll sun’iy nafas oldirish uskunasidan qanday foydalanish va COVID-19 bilan kasallangan og‘ir bemorlar uchun kislorod terapiyasi tamoyillarini o‘rgandilar. Shuningdek, Zoll apparatida ishlaydigan intensiv terapiya bo‘yicha xalqaro ekspertlar va milliy maslahatchilar respirator yordamni ta’minlash, hamda COVID-19 bilan kasallangan og‘ir bemorlar uchun o‘pkani sun’iy ventilyatsiya usuli va rejimi bo‘yicha o‘zlarining tajribalari va ilg‘or amaliyot bilan bo‘lishdilar.

"Shifokorlarimiz o‘pkani sun’iy sun’iy nafas oldirish apparatidan foydalanishning eng yangi usullarini o‘rganyaptilar. Bu esa koronavirus tufayli kelib chiqqan og‘ir pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun juda muhim", — dedi Innovatsoin sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi Rovshan Izamov. "Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida dunyoning eng yaxshi amaliyotini joriy etish — Milliy palataning vazifalaridan biri. Biz ushbu sohadagi USAIDning yordamini yuqori baholaymiz", — deb qo‘shib qo‘ydi u.

###

USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni ko‘paytirish, sog‘liq uchun jiddiy tahdidlarni, shu jumladan, COVID-19 ni bartaraf etish hamda hukumatning aholi ehtiyojlarini ta’minlash borasida salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun https://www.usaid.gov/uzbekistan havolasiga o‘ting.

###

Image
Healthcare workers training
Sanobar Khudaybergenova for USAID