2021-yil 18-mart, Toshkent, O‘zbekiston – Xalq ta’limi vazirligi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda O‘zbekiston maktablari uchun darsliklarning hajm va tartibini belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqmoqda. Standartlarga asoslangan barcha sinflar kesimida tayyorlanadigan mazkur hujjatlar batafsil yo‘l xaritalari bo‘lib, o‘quvchilar uchun darslikda va o‘qituvchilar uchun tegishli qo‘llanmalarda darsdan darsga nima o‘tilishi kerakligini aniq belgilaydi.

Bunday batafsil hujjatlar O‘zbekistonda ilk marotaba ishlab chiqilmoqda. Ular tufayli xalqaro standartlarga mos darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tizimli va bosqichma-bosqich tayyorlash imkoni yaratiladi. Sifatli o‘quv materiallari o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

16-18-mart kunlari O‘zbekiston va AQSh ta’lim sohasining 80 dan ortiq mutaxassislari Xalq ta’limi vazirligi va USAIDning “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” bilan hamkorlikda o‘tkazilgan darsliklarning hajm va tartibini taqriz qilish bo‘yicha seminarda ishtirok etdi. Seminar maqsadi vazirlik xodimlarini ona tili va matematika fanlaridan (1-4-sinflar uchun) hamda informatika va axborot texnologiyalari fanidan (5-11-sinflar uchun) darsliklarning hajm va tartibi loyihasi bilan tanishtirish va taqriz qilishga tayyorlashdan iborat edi. Chet tili sifatidagi ingliz tili uchun hajm va tartib hujjatlari 2022-yilda ishlab chiqilishi kutilmoqda.

"Ilgari biz o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish jarayonida batafsil hajm va tartib hujjatiga ega emas edik. Bu borada, "O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” Respublika ta’lim markazi bilan o‘zaro hamkorlikda mahalliy mutaxassislarimizga ushbu turdagi o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tahlil qilish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi", - dedi Shuhrat Sattorov, Respublika ta’lim markazi direktori.

Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim bosqichini tizimli va kompleks isloh qilishning ulkan dasturini amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. USAID vazirlikni islohotlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash uchun 2019 yilning dekabr oyida to‘rt yillik “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” ning ijrosini boshladi. Dastur AQShning RTI International va uning hamkorlari bo‘lgan Florida davlat universiteti va Mississippi davlat universiteti tomonidan amalga oshiriladi.

Dastur haqida qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi havolalarga o‘ting:
https://t.me/UzbekistanEducationforExcellence
https://www.usaid.gov/uzbekistan/fact-sheets/education-excellence

yoki biz bilan bog‘laning:
Oybek Kurbanov - Bosh direktor muovini
O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi
Telefon: 998-972-247-904
Email: okurbanov@ueep.rti.org

###

USAID O‘zbekiston Hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikasiya qilish va mintaqaviy savdoni ko‘paytirish, sog‘liq uchun jiddiy tahdidlarni, shu jumladan, COVID-19ni bartaraf etish hamda hukumatning aholi ehtiyojlarini ta’minlash borasida salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun https://www.usaid.gov/uzbekistan havolasiga o‘ting.

###

Image
Uzbek ministry and USAID are developing student textbooks’ scopes and sequences for schools in Uzbekistan
Sanobar Khudaybergenova for USAID