4-4-2024

O'zbekistonda tuberkulyoz kasalligini moliyalashtirish tizimi klinik-xarajat guruhlarga (KXG) asoslangan holda isloh qilinadi

O'zbekistonda tibbiy xizmatlarni samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida sog'liqni saqlashni moliyalashtirish tizimini isloh qilish choralari ko'rilmoqda. Amaldagi tizimga ko'ra, tuberkulyozga qarshi kurashishga qaratilgan kasalxonalarni moliyalashtirish ularning band bo'lgan o'rinlar soniga qarab amalga oshiriladi. Ushbu moliyalashtirish tizimi, bemorlarni zarurat bo'lmagan hollarda va uzoq muddat davomida kasalxonaga yotqizishni amalga oshirib kelgan, bu esa kasalxonalarga ajratilgan resurslarning samarasiz taqsimlanishiga olib keladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun hukumat 2023 yilning yanvar oyidagi Prezident qarori bilan tuberkulyozga qarshi kurashishga qaratilgan kasalxonalarda klinik-xarajat guruhlardan (KXG) foydalangan holda moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish to'g'risida qaror qabul qildi. Bu shuni anglatadiki, endi shifoxonalarga band bo'lgan o'rinlar soniga qarab emas, balki davolangan bemorlar soniga qarab mablag' ajratiladi.

USAIDning yordami tufayli Oʻzbekiston ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi provayderlar uchun xalqaro amaliyotga mos ravishda KXG moliyalashtirish modelini ishlab chiqishda noyob tajribaga ega boʻldi”.
Zoxid Ermatov
Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi ijro etuvchi Direktori

Ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlash maqsadida USAID agentligi, O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi va Tuberkulyoz kasalligiga qarshi Milliy dasturi bilan hamkorlikda Texnik ishchi guruh (TIG) tashkil etildi. Ushbu TIG guruh qancha odam kasalxonaga yotqizilganligi, bemorlar qancha vaqt davomida kasalxonada qolgani va ularga qilingan xarajatlar haqidagi muhim ma'lumotlarga ega bo'lgan tahliliy jadvallarni ishlab chiqdi. USAIDning “Tuberkulyozdan holi O'zbekiston” loyihasi mutaxassislari, O'zbekistondagi tuberkulyozga qarshi kurashish klinikalarining to'rtdan bir qismini tashkil etuvchi 13 ta tuberkulyoz kasalxonasi (14998 ta bemorlarni o'z ichiga olgan) ma'lumotlarini tahlil qildi. Ushbu tadqiqot O'zbekistonda tuberkulyoz kasalligini davolashning tuzilishi va narxi haqida qimmatli ma'lumotlarni birinchilardan bo'lib qo'lga kiritish imkonini beribgina qolmay, yangi moliyalashtirish tizimiga zudlik bilan katta ehtiyoj borligini ta'kidladi.

USAIDning “Tuberkulyozdan holi O'zbekiston” loyihasining tahliliy xulosalari va innovatsion yondashuvlari qisqa muddat ichida O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi e'tiborini qozondi. Natijada esa, Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan KXGlar qabul qilinib, yangi moliyalashtirish tizimini kelgusida joriy qilish tasdiqlandi. Loyiha tomonidan taqdim etilgan texnik yordam va tahlil natijalari hukumatga tuberkulyozga qarshi kurashishga ajratiladigan yordamni moliyalashtirish bo''yicha samarali qarorlar qabul qilishda bebaho ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekistonda tuberkulyozga qarshi ko'rsatiladigan xizmatlarda KXGning muvaffaqiyatli rivojlanishi mamlakatda sog'liqni saqlashni isloh qilish borasidagi sa'y-harakatlarning muhim bosqichi bo'lib, xalqaro tashkilotlar, davlat muassasalari va sog'liqni saqlash mutaxassislari o'rtasidagi hamkorlikga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Share This Page